ADLIYA XABARI
2024-11-07 15:18:45 180
Adliya xabari
O’zboshimchalik bilan egallab olingan yer va undagi ko’chmas mulkka mulk huquqini e'tirof etishga oid Qonun 8 noyabrdan kuchga kiradi
Unga ko’ra, fuqarolar quyidagi ko’chmas mulklarni o’z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o’tkazib olishi mumkin:
➖2018 yil 1 may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o’zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
➖2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko’rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;
➖“bir martalik aktsiya” doirasida huquqlarni e'tirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
➖2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;
➖bog’dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
➖kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;
➖davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;
➖hokim qarori bilan mulk huquqi e'tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram