E'TIROF
2024-11-06 15:45:48 106
E'tirof
Toshkentda “Patronaj doya – ayol salomatligi tayanchi” ko’rik-tanlovining final bosqichi bo’lib o’tdi. Unda Sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari Elmira Basitxanova, xalqaro tashkilotlar vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Birlamchi tibbiy sanitariya yordami tizimi xodimlari o’rtasida o’tkazilgan tanlovda 14 ta nominatsiya bo’yicha g’oliblar aniqlandi.
Tadbirda So’x tumani ko’p tarmoqli markaziy poliklinika tibbiy brigada doyasi Nigina Hamroboyeva ham e'tirof etildi. U “Eng yaxshi ayollar maslahat xonasi doyasi” nominatsiyasida g’olib deb topildi.
Tanlov g’oliblariga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.
Tabriklaymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram