FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E'TIBORDA
2024-10-29 15:04:22 166
O’Zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo’yicha fuqarolar qabuli o’tkazildi.
Qabulda bevosita tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, hokim o’rinbosarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi. Mazkur qabulda jami 22 nafar fuqarolarning murojaatlari ko’rib chiqildi.
Qabul davomida tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, elektr ta'minoti, bandlik, sog’liqni saqlash, bola nafaqasi va boshqa turli masalalar bo’yicha murojaatlar ro’yhatga olinib, 1 nafar murojaatchiga xuquqiy tushunchalar berildi. 7 nafar murojaatchi murojaati ijobiy hal etildi.
Qolgan murojaatlarni o’z muddatlarida ijrosini ta'minlash bo’yicha tegishli tashkilot va muassasa rahbarlariga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram