BILASIZMI?
2024-10-10 18:01:07 2042
Bilasizmi?
O’rindosh xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ogohlantirish muddati bor
Mehnat kodeksning 441-moddasiga asosan mazkur ishga o’zi uchun asosiy ish joyi bo’lgan xodim qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi bu haqda o’rindoshni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida ikki hafta oldin yozma shaklda ogohlantiradi yoxud mutanosib miqdorda pulli kompensatsiya to’lashi belgilangan. Ya'ni ish beruvchi o’rindosh xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan taqdirda uni ikki hafta oldin ogohlantirishi shart.
Bundan tashqari ishdan bo’shatish nafaqasi ham to’lanadi. Mehnat kodeksining 442-moddasiga asosan o’rindoshlik (ichki yoki tashqi) asosida ishlash to’g’risidagi mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 173-moddasining ikkinchi qismida hamda 441-moddasida nazarda tutilgan qo’shimcha asoslar bo’yicha bekor qilinganida xodimga ishdan bo’shatish nafaqasi ikki haftalik o’rtacha ish haqi miqdorida to’lanadi. E'tibor bergan bo’lsangiz, ikki haftalik ishdan bo’shatish nafaqasi ikki haftalik o’rtacha ish haqi miqdorida to’lanadi.
Shu o’rinda tushuntirish berib o’taylik, kodeksning 173-moddasi ikkinchi qismi umumiy tarzda qaysi holatlarda ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanishini tartibga soladi, bunga keyingi postlarda batafsil tushuntirish beramiz.
O’ktamjon Ergashev – So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram