Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

GANDBOL BO’YICHA SPORT MUSOBAQALARINING SEKTORLAR KESIMIDAGI G’OLIB JAMOALARI O’ZARO BELLASHDI

×

 2024-10-10 17:48:40    669

PDF yuklash
Chop etish


Gandbol bo’yicha sport musobaqalarining sektorlar kesimidagi g’olib jamoalari o’zaro bellashdi


O’zbekiston mahallalari uyushmasi raisining kubogi uchun sportning "Gandbol" turi bo’yicha start berilgan musobaqalarning So’x tuman bosqichi o’tkazildi.


“Sug’diyona” sport majmuasida o’tkazilgan mazkur musobaqalarda sektorlar kesimidagi g’olib jamoalar o’zaro g’oliblik uchun bahs olib borishdi. Murosasiz kechgan bellashuvlarda g’olib bo’lgan jamoalar nomi aniq bo’ldi.

 

Natijada birinchi o’rin "Rovon" jamoasiga nasib etgan bo’lsa, ikkinchi o’rinni "Qal'acha" jamoasi qo’lga kiritdi. Musbaqaning uchinchi pog’onasidan "Chashma" jamoasi joy oldi.

 

G’olib jamoalar O’zbekiston mahallalari uyushmasi So’x tuman bo’limi boshlig’i tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar va faxrli birinchi o’rinni egallagan "Rovon" jamoasiga musobaqaning hududiy bosqichida qatnashish uchun yo’llanma berildi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram