Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1 OKTYABR – O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI OLDIDAN TUMANDAGI BIR QATOR FAXRIY USTOZLAR VA BEMOR MUALLIMLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

×

 2024-10-01 15:33:00    872

PDF yuklash
Chop etish


1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni oldidan tumandagi bir qator faxriy ustozlar va bemor muallimlar holidan xabar olindi

 

Tumanimizda ham ta'lim tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilib, kelajak avlodni ta'lim va tarbiyasiga munosib hissa qo’shgan faxriylar ko’pchilikni tashkil qiladi.

 

1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oldidan tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar ishtirokida sohada fidokorona mehnat qilib, nafaqaga chiqqan faxriy o’qituvchilar holidan xabar olindi. Ustozlarga tuman hokimligining bayram tabrigi va sovg’alari yetkazildi.

 

Mana shunday faxriylarning boy tajribasi bugun yosh pedagoglarning faoliyatini samarali tashkil etishda ta'lim va tarbiya jarayonlarini sifati va samaradorligini oshirishda hamisha zarur.

 

Rag’bat va yo’qlovdan mamnun ekanliklarini izhor qilgan ustozlar, soha ishiga rivoj tilab, yurtimizda faxriylarga ko’rsatilayotgan e'tibor uchun Davlatimiz rahbarini duo qildilar.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



]










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram