Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUNOSABAT

×

 2024-09-30 19:03:43    935

PDF yuklash
Chop etish


MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali “So’x tumani Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 4-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida “Openbudget” loyihasi asosida qurilayotgan mini futbol maydonchasidagi ahvol” mazmunda videomurojaat e'lon qilindi. Mazkur videomurojaat yuzasidan 4-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida So’x tumani hokimligi qurilish bo’limining tegishli mutaxasisilari tomonidan tezkor ravishda o’rganish ishlari olib borildi.

 

Mutaxassislarning bergan ma'lumotiga ko’ra, hozirgi kunda mazkur ob'ektda qurilish ishlari olib borilayotgani va qurilish ishlari yakunlanmaganligi bois, barpo etilayotgan sun'iy qoplamali mini-futbol maydonchasi foydalanishga topshirilmagan.

 

Qurilish obe'ktining pudrat tashkiloti So’x tuman hokim o’rinbosariga tegishli emasligi hamda “Marg’ilon Sarbon” MChJ tomonidan qurilayotgani aniqlandi.


Ob'ekt qurilish ishlari loyiha-smeta asosida olib borilayotgani hamda qurilish ishlari tegishli mutaxassislar tomonidan nazoratga olinganligini va mini-futbol uchun mo’ljallangan sport maydonchasi to’liq bitkazilgandan so’ng o’rnatilgan tartibda foydalanishga qabul qilinishini ma'lum qilamiz.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram