Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA TAJRIBA ASOSIDA YAPON CHOYI YETISHTIRILISHI YO’LGA QO’YILMOQDA

×

 2024-09-20 17:19:58    88

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida tajriba asosida yapon choyi yetishtirilishi yo’lga qo’yilmoqda

 

So’x tumanida yetishtirilayotgan dorivor o’simliklar, ayniqsa, za'faron o’simligi bugun jahon bozoriga chiqarilmoqda. “So’x Shafran eksport” ishlab chiqarish kooperativi rahbari Rashodjon Odilboyev tomonidan aynan eksport masalalarida Quvayt va Polsha davlatlarida bo’lib kelgani olamshumul voqea hisoblanadi.    

 

So’x tumani Chashma mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 12 gektar yer maydonida “So’x Shafran eksport” ishlab chiqarish kooperativi tomonidan dastlabki 5 ga yer maydonida shafran dorivor o’simligi yetishtirilib qadoqlanmoqda. Korxona tomonidan joriy yilda 20 kilogramm mahsulot olinishi va eksport qilinishi yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.


Bugun korxona tomonidan yangi loyiha ustida ish olib borilayotir. Tajriba asosida mazkur kooperativda Toshkent davlat Agrar universiteti hamkorligida yapon choyini yetishtirish ishlari ham olib borilmoqda. Dastlabki ekilgan 100 tup ko’chatdan 90 tasi bexato o’sgani So’x tumanida choy yetishtirishga ham qulay sharoit borligi bunga yorqin misol bo’la oladi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram