BILASIZMI?
2024-09-16 16:58:15 123
Bilasizmi?
Tug’ilganlik haqidagi guvohnoma yozuvida xato bo’lsa takror olinadimi?
Tug’ilganlik haqidagi guvohnoma yozuvida xato bo’lsa takror olinadimi?
Dalolatnoma yozuvlariga o’zgartirishlar, tuzatishlar va qo’shimchalar kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 15-moddasi asosida tarixiy va milliy an'analarga rioya qilish maqsadida familiyasi, ismi, otasining ismini yozdirish istagi bo’lganda;
- otalik belgilanganda;
- farzandlikka olinganda;
- ota-onaning o’zaro kelishuviga ko’ra (shuningdek ota-ona nikohdan ajratilganda) yoki hokim qaroriga ko’ra voyaga yetmagan bolaning familiyasi o’zgartirilganda;
- millati o’zgartirilganda;
- nikohda turmagan ona tomonidan bolaning otasi haqidagi ma'lumotlarni o’zgartirish haqida ariza berilganda (bola 16 yoshga yetgunga qadar);
- sud qarori bilan otalikni belgilash haqiqiy emas deb topilganda, ota haqidagi ma'lumotlar bekor qilinganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda;
- ota-onasining familiyasi, ismi va otasining ismi o’zgartirilishi munosabati bilan voyaga yetmagan bolaning familiyasi va otasining ismi o’zgartirilganda;
- dalolatnoma yozuvlarida imloviy xato va noaniqliklar bo’lganda, shuningdek tug’ilgan vaqti, joyi va otasining ismi haqidagi yozuv mavjud bo’lmaganda;
- 16 yoshga to’lmagan bolaning ismi va familiyasi o’zgartirilganda, agar ismi va familiyasi ota-onasining xohishi hisobga olinmagan holda berilgan bo’lsa;
- agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirib yoki erkalatish shaklida yozilgan bo’lsa;
- jinsi o’zgartirilganda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram