Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUGUNDAN HUSHYOR MAHALLASIDA YANA BITTA YANGI TIBBIYOT PUNKTI FAOLIYAT YURITADIGAN BO’LDI

×

 2024-09-14 15:12:47    181

PDF yuklash
Chop etish


Bugundan Hushyor mahallasida yana bitta yangi tibbiyot punkti faoliyat yuritadigan bo’ldi

 

Respublikamizda aholi salomatligini saqlash, fuqarolar sog’lig’ini tizimli himoyalash maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Bunday islohotlar samarasidan eng chekka hududlardagi aholi ham bahramand bo’lishayotir.

 

Prezidentimizning 2022 yil 25 aprel kuni qabul qilingan “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 215-sonli qarori asosida bugun tumanimizning Hushyor mahalla fuqarolar yig’inida mahalla tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi.

 

Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i, 3-sektor rahbari Qosimjon Rahimberdiyev, Hushyor mahallasida yashovchi fuqarolar, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdilar.

 

Hushyor mahallasi tumanda hudud jihatdan yirik fuqarolar yig’ini hisoblanadi. Aholi talab va istaklarini inobatga olgan holda tashkil etilgan mazkur yangi tibbiyot punktida 6 nafar tibbiyot xodimi – 1 nafar vrach, 1 nafar ayollar shifokori, 1 nafar amaliyotchi hamshira va 3 nafar patronaj hamshirasi faoliyat olib boradi.

 

Mazkur tibbiyot maskani 3 000 nafar aholiga hizmat ko’rsatadi. Kunduzgi tabobat jarayonidan bir vaqtda 7 nafar fuqaro bahramand bo’lishi mumkin.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram