Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TURLI DASTUR VA LOYIHALAR ASOSIDA MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA

×

 2024-09-12 14:37:29    315

PDF yuklash
Chop etish


Turli dastur va loyihalar asosida mahallalarda xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda

 

Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi Mehtar Marifjonovning ma'lumotiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2023 yildagi 208-sonli “Oila va xotin-qizlar qo’mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga asosan Jahon banki va Oila va xotin-qizlar qo’mitasi bilan hamkorligidagi «Qishloq ayollarini iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi ishga tushirilgan.

 

Shunga asosan Sarikanda mahalla fuqarolar yig’iniga “Ayollar daftari”ning 3, 4, 6-toifasiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash belgilangan bo’lib, mazkur loyiha doirasida mahallada yangi tikuvchilik tsexi tashkil etilib, unga mahalladagi 7 nafar ishsiz xotin-qizlar jalb etilgan.

 

Mazkur tikuvchilik tsexida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman hokimi o’rinbosari Madinaxon Safarovalar bo’lib, tikuvchi qizlar va ayollar bilan suhbatlashdilar. Tadbirkorlikni yo’lga qo’yish uchun taklif va tavsiyalar berildi. 

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram