Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TASHABBUSLI BYUDJET”NING 2024 YIL 2-MAVSUMI G’OLIBLARI!

×

 2024-09-05 17:16:50    287

PDF yuklash
Chop etish


“Tashabbusli byudjet”ning 2024 yil 2-mavsumi g’oliblari!

 

“Open budget”ning 2024 yil 2-mavsumi ham nihoyasiga yetdi. Mazkur “bellashuv”larda So’x tumanidan 65 ta loyiha tasdiqlanib, ovoz berish jarayoniga yo’naltirildi. Mazkur loyihalardan 6 tasi g’olib deb topildi.

 

2024 yilning 2-mavsumiga 7 milliard 652 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.     

 

“Tashabbusli byudjet”ning 2024 yil 2-mavsumi bo’yicha So’x tumanidan g’olib deb topilgan loyihalar:

 

1. TUL mahalla fuqarolar yig’inidagi “Sohibkor” hamda “Sarbast” ko’chalarini asfaltlashtirish loyihasi. Yo’lning uzunligi 2 000 metr. To’plangan ovoz soni – 3 516 ta.

 

Tasdiqlangan mablag’: 1 milliard 206 million so’m;

 

2. So’x tuman 10-son o’rta ta'lim maktabi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash (Sinfxonalar uchun mebel, kompyuter texnikasi va sport anjomlari) loyihasi. To’plangan ovoz soni – 3 441 ta.

Tasdiqlangan mablag’: 1 milliard 148 million 810 ming so’m;


3. Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’ini “Sebzor” ko’chasida joylashgan 29-sonli maktabga yangi sport zali qurish loyihasi. To’plangan ovoz soni – 3 234 ta.

Tasdiqlangan mablag’: 1 milliard 360 million so’m;

 

4. So’x tuman markaziy shifoxona (ShTTYo) - Respublika tez tibbiy yordam bo’limiga qarashli So’x tuman tez tibbiy yordam binosini kapital ta'mirlash hamda 10 kilovattli quyosh paneli o’rnatish loyihasi. To’plangan ovoz soni – 3 032 ta.

Tasdiqlangan mablag’: 1 milliard 360 million so’m

 

5. So’x tumani G’aznov mahalla fuqarolar yig’inidagi “Toshmazor” ko’chasini betonlash loyihasi. Yo’lning uzunligi 2 000 metr. To’plangan ovoz soni – 2 899 ta.

Tasdiqlangan mablag’: 1 milliard 206 million so’m;

 

6. So’x tuman 13-son o’rta ta'lim maktabi - Qaqir mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 13-sonli umumiy ӯrta ta'lim maktabi xonalarini ta'mirlash, isitish tizimini rekonstruksiya qilish, maktab atrofini devor bilan ӯrash hamda maktab oshxonasini ta'mirlash loyihasi. To’plangan ovoz soni – 2 601 ta.

Tasdiqlangan mablag’: 1 milliard 360 million so’m.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram