Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOSHQA MAKTABGA O’TSA USTAMA SAQLANADIMI?

×

 2024-08-29 17:59:36    328

PDF yuklash
Chop etish


Boshqa maktabga o’tsa ustama saqlanadimi?

Savol: Men ko’p yildan buyon Andijondagi maktabda matematikadan dars berib kelaman va bu yilga 20 foiz ustamam ham bor. Bu yil O’ZMU ga magistraturaga kirganligim sababli ish joyimni Toshkentga ko’chirdim lekin yangi zavuch ustamani yangi joyga o’tmasligini aytyapti.

 

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko’ra har bir maktabning direktor jamg’armasi mablag’lari alohida ajratiladi va ishchi guruh qarori asosida ustama tayinlanadi.

Mehnat kodeksi 19-moddasiga muvofiq mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat'i nazar, tashkilotlar ish beruvchi hisoblanishi belgilangan. Aynan shu qoidaga asosan sizning ish beruvchingiz yangi bo’lmoqda.

Yuqorida keltirilgan Nizomda belgilangan asoslarga binoan direktor jamg’armasidan to’lanadigan ustama maktabda asosiy xodim sifatida ishlayotgan xodimlarga to’lanishi belgilangan.

Demak, bir maktabda tayinlagan ustama boshqa maktabda ishga o’tganda inobatga olinmaydi ya'ni ustama saqlanmaydi.

Muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishdagi muhim qoidalar.

MK 158-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga binoan muddatli mehnat shartnomasining bekor qilinishiga uning muddati tugashi kunida, shuningdek shartnomadagi muddat tugagan kundan bir hafta mobaynida yo’l qo’yiladi.

Agar muddat tugagandan keyin ham yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar davom etaversa va taraflardan birortasi MK 158-moddasining birinchi qismida belgilangan tartibda bir hafta davomida uni tugatilishini talab qilmagan bo’lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. Mazkur holatda keyinchalik mehnat shartnomasini shu asosga ko’ra bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi.

 

Ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim bo’lgan xodimning yo’q bo’lgan vaqtiga tuzilgan mehnat shartnomasi shu xodim ishga qaytgan kundan e'tiboran bekor qilinadi.

 

O’ktamjon Ergashev – So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram