Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEMURSAD MAHALLASIDA MUKAMMAL TA'MIRLANGAN OSHP FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-08-29 16:56:35    129

PDF yuklash
Chop etish


Demursad mahallasida mukammal ta'mirlangan OShP foydalanishga topshirildi

 

4-sektor hududida joylashgan Demursad mahalla fuqarolar yig’inida bugun rekonstruktsiya qilinib, zamonaviy holatga keltirilgan mahallaning oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi. Taqdimot marosimida tuman hokimi, hokim o’rinbosarlari, tuman sektorlari rahbarlari, mahalla ahli, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdilar.

 

Tadbirda so’z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bu tarixiy sana bilan barcha mahalla ahli va tibbiyot sohasi vakillarini samimiy qutladi va mas'uliyatli vazifalarni bajarilishida barcha oilaviy shifokorlik punkti xodimlariga zafarlar tiladi. Nuroniylar va yoshlar hamda oilaviy shifokorlik punkti xodimlari ham so’z olib, berilayotgan e'tibor va g’amxurliklar uchun davlatimiz rahbari va Respublika hukumatiga samimiy minnatdorchilik izhor etdilar.

 

Tadbir davomida bir guruh soha vakillari va fidoiylarga tuman hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg’alari taqdim etildi.

 

Ezgu tilak va yaxshi niyatlar bilan duoga qo’l ochgan nuroniylar ishtirokida yangi tibbiy muassasaning ramziy lentasi qirqildi. Tibbiyot muassasasida yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan nuroniylarga mazkur muassasa vakillari har doim xalq salomatligi yo’lida kamarbasta ekanliklari ta'kidlandi.

 

Demursad oilaviy shifokorlik punktida 27 nafar tibbiy xodim faoliyat olib boradi, bulardan 3 nafari vrach va 7 nafar patronaj xodimi hisoblanadi. Uchta mahalla - Pidirgon, Safedkon va Demursad mahallasidagi 7 313 nafar fuqarolarga OShPdagi uchta brigada tomonidan tibbiy xizmat ko’rsatiladi.

 

Ma'lumot uchun: mazkur oilaviy shifokorlik punkti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi “2024 — 2026 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 404-sonli qarori asosida mukammal ta'mirlandi. Mukammal ta'mirlash ishlariga 1 milliard 064 million 700 ming so’m mablag’ yo’naltirilgan.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram