KREDITNI VAQTIDA TO’LASHNI UNUTMANG!!!
2024-08-27 16:25:59 174
Kreditni vaqtida to’lashni unutmang!!!
Kredit bu jismoniy va yuridik shaxslar uchun imkoniyat, biroq o’z vaqtida kreditlarni qoplash esa bank mijozidan majburiyatni talab etadi.
Ba'zida guvohi bo’lamiz, majburiyatni bajarishni keyinga qoldiradigan fuqarolarning esa mol-mulki yeki transport vositalari xatlovga olinganini, bu holat esa ko’pdan hammaga ham yeqmaydi. Oqibati esa o’zingizga malum.
Hozir bayon qilmoqchi bo’lganimiz ham fuqaro bankdan olgan kreditini o’z vaqtida to’lamay kelgani oqibatida unga tegishli bo’lgan mulki xatlangan.
Xususan, Byuroning Co’x tuman bo’limi ish yurituvida qarzdor fuqaro U.U.dan undiruvchi ATB" Kapitalbank" foydasiga 59.105.940 so’m kredit qarzdorligini undirish, undiruvni garovga qo’yilgan avtotransport vositasiga qaratish to’g’risidagi ijro hujjati mavjud.
Qarzdor fuqaroga ogohlantirishlar berilishiga qarmay qarzdor bank oldidagi 59.105.940 so’m miqdoridagi kredit summalarini to’lashni unutgan.
Biroq, kredit rasmiylashtirish jarayonida garov mulki sifatida fuqaro o’ziga tegishli bo’lgan transport vositasini belgilagan. Qonun talabi asosida fuqaro talabni bajarmagach, Byuroning So’x tuman bo’limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli "Damas"avtotransport vositasi xatlanib, auktsion savdolariga chiqarish choralari ko’rilmoqda.
Islomjon Fatojonov - Majburiy ijro byurosi So’x tuman bo’limi davlat ijrochisi, 2-darajali yurist
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram