XALQ QABULXONASIDA AHOLI BILAN MULOQOT
2024-08-23 16:47:38 98
Xalq qabulxonasida aholi bilan muloqot
O’Zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimining fuqarolar bilan navbatdagi muloqoti o’tkazildi.
Unda qabulxona mudiri, hokim o’rinbosarlari hamda sohalar bo’yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabulda 20 nafarga yaqin fuqarolarning tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, subsidiya, kadastr, sog’liqni saqlash, kredit, uy-joy ta'mir, yer masalasida va boshqa turli masalalar bo’yicha murojaatlari tegishli mas'ullar tomonidan o’rganib chiqildi.
Ayrim masalalar shu yerning o’zida muhokama etilib, tegishli choralar belgilandi. Qo’shimcha o’rganishni talab qiladigan murojaatlar bo’yicha ta'luqli rahbarlarga batafsil o’rganib, natijasi haqida axborot berish vazifasi yuklatildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram