Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA TIBBIYOT TURIZMINI RIVOJLANISHIGA YETARLI ZAMINA VA IMKONIYATLAR BOR

×

 2024-08-23 16:01:15    104

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida tibbiyot turizmini rivojlanishiga yetarli zamina va imkoniyatlar bor

 

Tumanimizda turizm, ayniqsa, tibbiyot turizmini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar qilinmoqda. Barpo etilayotgan va ayni kunda faoliyat olib borayotgan davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalarda qo’shni Qirg’iziston respublikasi fuqarolarining tabobat olishi sohani rivoj topishiga xissa qo’shayotir.

 

Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan “Sabrina nevromed” xususiy klinikasiga tashkil etilgan navbatdagi press-tur ayni shu mavzuga bag’ishlandi. Tadbir jarayonida ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev xususiy klinika rahbari Solijon Musoyev bilan suhbatlashib, uning kelajakdagi rejasi bilan qiziqdi.

 

Klinikada yangi bo’limlarning ochilishi rejalashtirilgan va mutasaddilarning niyati kelajakda faoliyatni kengaytirishdan iborat. Fuqarolardan tushayotgan talab va istaklarni inobatga olib, klinikada ginekologiya, yuqumli kassaliklar bo’limi, tibbiy diagnostika, endoxirurgiya bo’limi ochilishi rejalashtirilgan.

 

Qirg’izistonlik fuqarolar ham suhbat chog’ida yaratib berilgan sharoitlar uchun samimiy minnatdorchilik izhor etdilar. Tadbir ishtirokchilariga xususiy klinika faoliyatiga doir kerakli ma'lumotlar berildi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram