Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 203 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MULGONLIK OTAXONNING 30-YILLIK ORZU VA ARMONI USHALDI

×

 2024-08-21 17:41:51    159

PDF yuklash
Chop etish


Mulgonlik otaxonning 30-yillik orzu va armoni ushaldi

 

Bugun Mulgon mahallasida yashovchi, 30 yil davomida hatto Farg’ona shahriga bora olmagan fuqaro Qurbonali Mirzoboyevning orzusi ushaldi. Fuqaroga O’zbekiston Respublikasi fuqarosi shaxs guvohnomasi (ID karta) berildi.

 

Hushyor mahallasida bo’lib o’tgan sektor rahbarining yoshlar bilan uchrashuvida mazkur voqelik esda qolarli va markaziy yangilik bo’ldi desak, mubolag’a emas. Yoshlar va mahalla ahli ishtirokida O’zbekiston Respublikasi fuqarosi shaxs guvohnomasi (ID karta) tantanali tarzda taqdim etildi.

 

- Prezidentimizning biz fuqarolarga berilayotgan e'tiboridan rosa mamnun va minnatdorman, chunki mening azaliy orzuim bugun ushalmoqda. Barcha yoshlar va farzandlarimga ushbu betakror Vatan kelajagiga astoydil xizmat qilishlari va Prezidentimiz tomonidan buyuk kelajakka qo’yilgan poydevor mustahkamligiga munosib hissa qo’shishlarini tilab qolman, - dedi otaxon taqdimot marosimida.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram