«QISHLOQ INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH» LOYIHASI DOIRASIDA GULISTON MAHALLASIDAGI ICHKI YO’LLAR ASFALTLASHTIRISH REJASIGA KIRITILDI
2024-08-21 17:25:54 190
«Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasi doirasida Guliston mahallasidagi ichki yo’llar asfaltlashtirish rejasiga kiritildi
Davlatimiz rahbari e'tibori va Respublikamiz hukumatining bevosita ko’magi asosida tumanimizda keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilyapti. Buning barchasi aholi turmush farovonligini ta'minlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi “Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4898-sonli qaroriga muvofiq “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Farg’ona viloyatining So’x tumani Guliston mahalla fuqarolar yig’inida 3,5 kilometr uzunlikdagi ichki yo’llarni asfaltlash ishlari rejalashtirib hozirda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram