HARBIY QISMNING 25-YILLIGIGA BAG’ISHLAB TANTANALI TADBIR TASHKIL ETILDI
2024-08-21 17:09:31 192
Harbiy qismning 25-yilligiga bag’ishlab tantanali tadbir tashkil etildi
O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Vatanimiz sarhadlari daxlsizligining kafolati va ushbu saflarda xizmat qilayotgan barcha millat va xalq farzandlari tinchlik va ovoyishtaligimiz posbonidir. Tumanimizdagi harbiy qismlarda faoliyat olib borayotgan barcha askar va zobitlar ham ayni shu ezgu maqsadni o’zlariga shior qilib olganlar.
Tumanimizdagi O’zbekiston Respublikasi chegara qo’shinlari tarkibidagi 9208-sonli harbiy qismning tashkil etilganligiga bugun 25 yil to’ldi. Shu munosabat bilan harbiy qismda tantanali tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari, mazkur harbiy qismning askar va zobitlari, harbiy qismning turli jabhalarida faoliyat olib borayotgan xizmatchilar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida barcha harbiy xizmatchilarni tuman hokimi ushbu shonli sana bilan tabrikladi.
Tadbir jarayonida bir guruh harbiy xizmatchilar, askar va zobitlarga qimmatbaho va esdalik sovg’alar, faxriy yorliq va tashakkurnomalar, navbatdagi harbiy unvonlar tantanali tarzda taqdim etildi. Harbiy qismda tashkil etilgan “So’x o’g’lonlari” jamoasining qiziqarli chiqishlari barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram