Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 127 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

11-SONLI UMUMIY O’RTA TA'LIM MAKTABIDA SINGAPUR TAJRIBASI ASOSIDA O’QUV AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2024-08-21 17:07:48    172

PDF yuklash
Chop etish


11-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida Singapur tajribasi asosida o’quv amaliy seminar tashkil etildi

 

Bugun tumanimizning Chashma mahallasida joylashgan 11-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta'lim tashkiloti dasturi asosida maktab direktorlari, matematika va tabiiy fan o’qituvchilari kaskad usulidagi o’quv amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdi.

 

Mazkur tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad Singapur tajribasi asosida umumiy o’rta ta'lim maktablari direktorlari, matematika va tabiiy fan o’qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish va mazkur yo’nalishda ilg’or xalqaro tajribalar bilan tanishtirishdan iborat.

 

Seminar ishtirokchilariga to’rt guruhga bo’lingan holda mazkur dastur bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazildi. Malaka oshirib kelgan 8 nafar yetakchi mutaxassislar turli mavzularga oid ishtikrochilarga dars o’tdilar.

 

Seminar ishtirokchilariga seminarda “Zamonaviy ta'limning tuzilishi”, “PISA va PISA 2022 matematik asosiga kirish”, “PISA nima uchun kerak va ehtiyojga asoslangan ta'lim tushunchasi” va boshqa mavzularda mahorat darslari tashkil etildi. O’quv amaliy seminar jarayonida 120 nafar pedagog xodimlar ishtirok etmoqda.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram