Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 202 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVBATDAGI SESSIYADA SAYLOV O’TKAZUVCHI UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI A'ZOLIGIGA NOMZODLAR TASDIQLANDI

×

 2024-08-21 17:05:53    167

PDF yuklash
Chop etish


Navbatdagi sessiyada saylov o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar tasdiqlandi

 

Bugun tuman madaniyat bo’limining majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 94-sessiyasi bo’lib o’tdi.

 

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

 

Sessiya kun tartibiga bitta asosiy masala qo’yildi: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to’g’risida.

 

Masala yuzasidan Xalq deputatlari So’x tuman Kengashining “Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha” doimiy komissiyasi raisi Rasuljon Mirsaidov ma'ro’za qildi.

 

Sessiya ishtirokchilariga notiq tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar birmabir tanishtirildi. Har bir saylov o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a'zolari deputatlarning ovoz berish yo’li bilan tasdiqlandi.

 

Farg’ona viloyati bo’yicha jami 1 210 ta saylov uchastkalari tasdqilangan bo’lib, shundan 30-tasi So’x tumani hududida tuzilgan.

 

Sessiyaga qo’yilgan masalaga doir deputatlarning muzokaralari eshitildi va har bir hudud deputati saylov o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyasi a'zolariga ishonch bildirishini izhor etdi.

 

Sessiyaga qo’yilgan masalaga doir tegishli qaror qabul qilindi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram