Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 203 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA VILOYATI HOKIMI O’RINBOSARI SO’X TUMANIDA!

×

 2024-08-19 17:53:49    226

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi o’rinbosari So’x tumanida!

 

So’x tumani asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan tuman hisoblanadi. Tabiiyki, soha mutasaddildari zimmasiga ulkan vazifalar yuklatilgan.

 

Tumanimizda bo’lgan Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov boshchiligidagi ishchi guruh ham aynan So’x tumani qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning jarayonini o’rgandi.

 

Viloyat hokimi o’rinbosari dastavval mutasaddilar bilan Qal'acha mahallasida tashkil etilgan intensiv o’rikzorda parvarishlanayotgan nihollarning holatini ko’zdan kechidi. Alibek Tursunov o’rik ko’chatlaridagi zararkunda va xashoratlarga qarshi kurashish ishlarini borishini muhokama qilib, o’rikzorni kafolatli suv bilan ta'minlash bo’yicha faoliyat olib borayotgan sug’orish shtabi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni belgilab berdi.

 

Qayroq massivida tashkil etilayotgan malinazor ham aholi manfaatiga xizmat qilishi tabiiy hol. O’rganish jarayonida “Qayroq” massivida bo’lgan viloyat hokimi o’rinbosari yangi o’zlashtirilgan yer maydonlarida parvarish qilinayotgan malina ko’chatlarini ko’zdan kechirib, hududni obodonlashtirish va ko’chatlarga ishlov berish bo’yicha topshiriqlar berdi.

 

Za'faron shifobaxsh o’simligi parvarishiga ixtisoslashgan Chashma mahallasidagi “So’x shafran eksport” xo’jaligida amalga oshirilayotgan ishlarning o’rganilishi tashrif manzilining navbatdagisi bo’ldi. Ayni kunda za'faron o’simligining asosiy qismi ochiq yer maydonida yetishtirilmoqda. Yaqinda eksport masalalari yuzasidan Quvayt davlatida bo’lib qaytgan xo’jalik rahbari Rashodjon Odilboyev safar taassurotlari bilan o’rtoqlashdi. Mazkur xo’jalikning kelajakdagi istiqboliga ishonch bildirildi.

 

Agrar tuman bo’lganligi bois, butan dunyo So’xni kartoshka yetishtiriladigan tuman sifatida taniydi. Bugun So’xda sabzavotlarning turli xili parvarishlanadi va eng quvonarlisi, uzumchilik maktabi ham tumanda shakllanmoqda. 1-sektor hududidagi “Ozod” shirkat xo’jaligidagi kartoshka va sabzi ekinlarini parvarishlash hamda “Soxibkor” fermer xo’jaligi tarkibidagi shaftoli bog’i va uzumzorda olib borilayotgan parvarishlash jarayoni va bog’ning bugungi kundagi holati o’rganildi. YEtishtirilgan mahsulotlarni eksportga yo’naltirish yuzasidan takliflar berildi.

 

Aholiga sifatli un mahsulotlari yetkazib berishda “So’xdon” MChJ alohida o’ringa ega. Viloyat hokimi o’rinbosari “So’x don” MJChda bo’lib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxonada qayta ishlanayotgan va saqlanayotgan g’allani ko’zdan kechirib, korxona tomonidan urug’lik donni qayta ishlashga doir bergan taklifini amalga oshirishga oid chora-tadbirlar belgilanishini qayd etdi.

 

Qirg’iziston chegarasidagi hududlarda faoliyat olib borayotgan fermrelarning muammolari ham o’rganish jarayonida viloyat hokimi o’rinbosarining diqqat markazida bo’ldi. So’x massividagi “So’x” shirkat xo’jaligi hamda “Qozikalon” fermer xo’jaligidagi jami 90 gektar bog’nining sug’orish tizimini yaxshilash taklifni ishlab chiqib, tik quduq qazish bo’yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

 

Tashrif yakunida tuman hokimligi majlislar zalida o’rganish natijalariga doir tahliliy majlis o’tkazildi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram