Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANI SEKTOR RAHBARLARI TOMONIDAN XORIJDAGI YOSHLAR BILAN ONLAYN MULOQOT O’TKAZILDI

×

 2024-08-17 17:00:39    398

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumani sektor rahbarlari tomonidan xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o’tkazildi

 

Mazkur videomuloqot Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Dodohayit Hasanov tashabbusi va loyihasi asosida tashkil etildi. Samimiy ruhda bo’lib o’tgan muloqotda asosan Sarikandalik yoshlar ishtirok etib tuman hokimi va tuman prokurori bilan suhbatladilar va xorijdagi sharoitlar xususida gapirdilar.

 

So’x tumani hokimligi binosida bo’lib o’tgan videomuloqotda tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, Yoshlar ishlari So’x tumani bo’lim boshlig’i va tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etdilar. 

 

Videomuloqotda tuman hokimi va tuman prokurori tumanda ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash, yangi ish o’rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to’xtalib, yil boshida xorijda yurgan So’xlik migrantlar bilan olib borilgan amaliy ishlar natijasiga tuxtalib o’tishdi.


Shundan so’ng ayni vaqtda xorijda bo’lgan 50 ga yaqin yoshlar bilan onlayn muloqotga kirishildi. Tuman rahbarlari chet eldagi yoshlarning muammolarini tinglab, ularga yechim topish yuzasidan chora-tadbirlar belgilnishini qayd etdilar.


E'tiborlisi, So’x tumani hokimi hamda tuman prokurori bilan onlayn suhbatlashgan yoshlarning aksariyati So’xga qaytish istagini bildirdilar. Buning uchun ularga mos ish o’rinlari taklif etildi, biznes qilish maqsadi borlarga kreditlar ajratilib, qo’llab-quvvatlanadigan bo’ldi.


Bugungi kunda Malayziya, Rossiya va boshqa chet el oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar ham o’z taklif va mulohazalarini bildirdi.

 

Muloqotda ishtirok etgan yoshlar vakillari ko’rsatilayotgan bunday e'tibor va g’amxo’rlik uchun minnatdorlik izhor etdilar.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram