YOSHLAR MUAMMOLARI TIZIMLI O’RGANILMOQDA
2024-08-17 16:26:44 292
Yoshlar muammolari tizimli o’rganilmoqda
Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan tuman, shahar hokimlari o’z hududidagi yoshlar bilan aniq belgilangan tartib asosida uchrashuvlar tashkil etib, ularning muammo va takliflarini tizimli ravishda o’rganib borish belgilangan.
Shunga ko’ra So’x tuman hokimi, sektor rahbarlari har hafta sayyor uchrashuvlar o’tkazib, yoshlar bilan muloqot qilmoqdalar. O’tkazilayotgan uchrashuvlar samarasi o’laroq, bugun ko’plab yoshlarning murojaati ijobiy yechim topib, muammolari hal etilmoqda.
Bugun 2-sektor mahallalari yoshlari bilan uchrashgan tuman sektorlari rahbarlari mazkur hudud yoshlarini qiynayotgan muammolarni o’rgandilar. Uchrashuv qiziqarli va savol-javoblarga boy o’tdi va suhbat jarayonida shaxsiy muammolar ham o’rganildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram