SPORTGA 30-70 YOSHLI VA UNDAN KATTA YOSHDAGI XOTIN-QIZLAR JALB ETILMOQDA
2024-08-16 18:02:09 153
Sportga 30-70 yoshli va undan katta yoshdagi xotin-qizlar jalb etilmoqda
Shu munosabat bilan So’x tumanida ham aholining jismoniy qobiliyat va harakat faolligini aniqlash maqsadida oila va xotin-qizlar bo’limi va sport maktabi hamkorligida joriy yilning 16-24 avgust kunlari barcha mahallalarda 30-70 yosh va undan katta yoshdagi aholi hamda mahalla tizimi xodimlaridan ixtiyoriy va maxsus talablar bo’yicha “Jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlari qabul qilish” reja-grafigi ishlab chiqildi.
Bugun So’x tuman 2-sonli sport maktabida dastlabki sport o’yinlari, bellashuvlar bo’lib o’tdi. Unda tumanning 2-sektorida joylashgan mahalalardan kelgan ayollar sport sinovlari tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sport sifatlarini aniqlashga qaratilgan mezonlar bo’yicha baholab borildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram