“VATANPARVAR” TASHKILOTINING SO’X TUMANI BO’LIMIDA KORRUPTSION HOLATLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN AMALIY ISHLAR QILINGAN
2024-08-16 17:48:57 161
“Vatanparvar” tashkilotining So’x tumani bo’limida korruptsion holatlarni oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar qilingan
O’zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining faoliyati asosan uchta yo’nalishda amalga oshiriladi:
Birinchi yo’nalish aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik, milliy ma'naviyatimizga hurmat ruhida tarbiyalash hisoblanadi. Bu yo’nalishda Tashkilot nafaqat Qurolli Kuchlar tarkibidagi vazirlik va idoralar, balki respublikamizning barcha tegishli muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
«Vatanparvar» tashkilotning ikkinchi asosiy yo’nalishi aholi, ayniqsa, yoshlarni tashkilot tizimidagi avtokross, motokross, karting, triatlon, duatlon, yozgi biatlon, pnevmatik quroldan o’q otish, dengiz ko’pkurashi, harbiy amaliy ko’pkurash, xizmatchi itlar, aviamodel, raketamodel, kemamodel, radiosport kabi sportning texnik va amaliy turlariga jalb etish, ular orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hisoblanadi.
Tashkilotning asosiy uchinchi yo’nalishi fuqarolarni ommaviy texnik kasblarga tayyorlash hisoblanadi.
Tashkilotning bir kunlik faoliyatini ko’zdan kechirish maqsadida So’x tumanidagi O’zbekiston Respublikasi mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi o’quv sport texnika klubida bo’ldik va tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdmujidov boshchiligida mazkur maskanda yaratilgan shart-sharoitlar ham o’rganildi.
Zamon bilan hamnafas borayotgan tashkilot mutasaddilari ayniqsa, korruptsiyaga qarshi kurash va korruptsion holatlarni oldini olishga doir arzirli ishlarni amalga oshirishgan. O’quv binolariga kirish qismida raqamlashtirilgan turniket o’rnatilgan bo’lib, begona shaxs mazkur binoga umuman kira olmaydi. Shuningdek, imtihon topshirish jarayoni veb-kamera orqali shaxsni identifikatsiyalangandan keyin amalga oshiriladi.
Amaliy imtihon topshirish jaaryoni ham avtomatlashtirilgan. Sinfxonalarning barhavoligi va jihozlanishi ham talab darajasida.
Ayni kunda mazkur klub mutasaddildari istiqlolning 33-yillik to’yiga munosib hozirlik ko’rishmoqda. Ma'lumot uchun: mazkur tashkilotda asosan yoshlar o’quv jarayonlaridan so’ng “A”, “V”, “VS”, “D”, “E” toifasidagi haydovchilik guvohnomasini olishga muvaffaq bo’ladilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram