Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TIBBIYOT SOHASIDAGI ISLOHOTLARNI AMALGA TATBIQ ETISH – DAVR TALABI

×

 2024-08-16 17:40:20    35

PDF yuklash
Chop etish


Tibbiyot sohasidagi islohotlarni amalga tatbiq etish – davr talabi

 

Aholi salomatligini himoya qilish, jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirishga oid olib borilayotgan ishlarda tibbiyot vakillarining hissasini alohida ta'kidlash lozim.

 

Prezidentimzning 2022 yil 26 yanvarda qabul qilingan 102 va 103-sonli qarorlari ham mana shu ezgu maqsadni o’zida mujassamlashtirgan. Ayni kunda Respublikamizda Prezidentimizning “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko’lamini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 102-sonli hamda “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 103-sonli qarorlarini amalda tatbiq etishga doir arzirli ishlar qilinmoqda.

 

Tumanimizga viloyat endokrinologiya markazi va viloyat kardiologiya markazi mutaxassislarining tashrifi tumanda faoliyat olib borayotgan soha vakillariga katta amaliy yordam bo’ldi. Mazkur tizimlar vakillari A. Abdurahmonov va Ilhomjon Mallayevlar tumandagi tibbiyot muassasalarida bo’lib, mazkur qarorlar ijrosi va amalga tatbiq etilishi yuzasidan tibbiyot xodimlariga keng qamrovli ma'lumot va tushunchalar berishdi.

 

Mazkur tashrif va targ’ibot ishlaridan asosiy maqsad endokrinologiya xizmatini respublika bo’yicha yagona integratsiyalashgan tizim sifatida shakllantirish, yod yetishmovchiligi bilan bog’liq kasalliklar profilaktikasi, qandli diabet kasalligi hamda uning oqibatlarining oldini olish, aholiga ko’rsatilayotgan kardiologik va kardiojarrohlik xizmatlari sifatini yaxshilash, hududlarda yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, barvaqt aniqlash va samarali davolash ishlarini kengaytirish, bemorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta'minlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatilidir.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram