SAYHUNOBOD TAJRIBASI ASOSIDA NAVOBOD MAHALLASIDA KENG KO’LAMLI ISHLAR OLIB BORILAYOTIR
2024-08-14 18:10:18 286
Sayhunobod tajribasi asosida Navobod mahallasida keng ko’lamli ishlar olib borilayotir
Suyaklari mehnat bilan qotgan so’xliklarning eng yaxshi ko’rgan sohasi qishloq xo’jaligidir. Aynan agrar tuman hisoblangani bois, So’x tumanida Sayhunobod tajribasi asosida arzirli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu yo’nalishda o’rnak va namuna bo’lgan tadbirkorlar Navobod mahallasida ham talaygina. Asli dehqon farzandi bo’lgan Zafarjon Metinov ham o’z xonadonida bankdan olingan 30 million so’m kredit evaziga issiqxona barpo etgan.
- Issiqxonadan ikkinchi marotaba hosil olyapman. Bahor fasli avvalida aholiga ko’chat yetishtirib berdik. Bugun bodring hosilidan ham tumanimiz aholisi bahmarand bo’lishayotir. Olingan kredit pullarini to’liq uzib bo’ldik. Endi sof foydaga ishlayapmiz, - dedi tadbirkor tuman hokimi bilan suhbat chog’ida.
Tadbirkorning niyati issiqxonadan uchinchi marotaba hosil olish. Buning uchun yana bir-ikki haftadan keyin kirishadi.
Tuman hokimi tavsiyasi bilan Navobod mahallasining “Saxovat” ko’chasida “Bir hudud - bir mahsulot” tamoyili orqali Sayxunobod tajribasi asosida isiqxonalar barpo etiladigan bo’ldi. Bu borada butun ko’cha aholisiga ma'lum qilindi va barcha fuqarolar ushbu tavsiyani qo’llab-quvvatladilar.
Bank krediti olinishida bgunning o’zida issiqxona barpo etish niyatida bo’lgan fuqarolarga hokim yordamchisi tomonidan tavsiya berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram