Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 189 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

CHUMOQCHADA TA'LIM DARGOHINING QO’SHIMCHA BINOSI QURILISHIGA SALKAM IKKI YARIM MILLIARD SO’M MABLAG’ YO’NALTIRILGAN

×

 2024-08-13 17:47:10    129

PDF yuklash
Chop etish


Chumoqchada ta'lim dargohining qo’shimcha binosi qurilishiga salkam ikki yarim milliard so’m mablag’ yo’naltirilgan

 

Jamiyatning rivojlanishi eng avvalo ta'lim-tarbiya masalasiga bog’liqdir va bu masala har doim ham dolzarb bo’lib kelgan. Binobarin, davlatimiz rahbari tomonidan ta'lim dargohlarini rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibori zamirida Vatanimimiz ertangi kunini belgilab beradigan barkamol avlod taqdiri mujassam.

 

Ta'lim dargohlarida olib borilayotgan qurilish ishlari ham yuqoridagi fikrlarimizning isbotidir. Bugun tumanimizning aksariyat ta'lim muassasalarida qurilish ishlari amalga oshirilyapti.

 

8-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi yosh o’qituvchisi Bunyodjon Shomatovning bizga xabar berishicha, mazkur ta'lim dargohida ham bugun qo’shimcha bino qurish ishlari olib borilmoqda. Bugun davlatimiz rahbari e'tibori asosida fuqarolarning orzu-istaklari ro’yobga chiqmoqda, chunki maktabda o’quvchilar soni ko’pligi bois, sinfxonalar yetishmovchiligi muammo edi.

 

Ma'lumot uchun: investitsiya dasturi orqali mazkur maktabda 180 o’rinli qo’shimcha bino qurilmoqda. Buning uchun ezgu maqsadlar bilan davlatimiz byudjetidan 2 milliard 340 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram