Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 142 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHI NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2024-08-09 14:50:45    416

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi

 

Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 93-sessiyasi bo’lib o’tdi.

 

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

 

Sessyai kun tartibidagi masala:

 

1. Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashiga saylov o’tkazish bo’yicha okrug saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to’g’risida.

 

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan Xalq deputatlari So’x tuman Kengashining “Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha” doimiy komissiyasi raisi Rasuljon Mirsaidov so’zga chiqib, sessiya ishtirokchilariga masala bo’yicha yetarli ma'lumot yetkazdi.

 

Notiq Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashiga saylov o’tkazish bo’yicha So’x  tumanidagi okrug saylov komissiyasi a'zoligiga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan nomzodlar haqida axborot berdi. So’x  tumanidagi okrug saylov komissiyasi 11 nafardan iborat bo’lib, a'zolar ro’yixati o’qib eshittirildi.

Sessiyada Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashiga saylov o’tkazish bo’yicha So’x  tumanidagi 43-So’x okrug saylov komissiyasi  a'zoligiga nomzodlar ro’yxati ma'qullandi hamda Farg’ona viloyati hududiy saylov komissiyasiga tavsiya etildi.

 

Kun tartibiga qo’yilgan masalaga oid tegishli qaror qabul qilindi va shu bilan navbatdagi sessiya yakunlandi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram