VILOYAT OILA VA XOTIN-QIZLAR BOSHQARMASI MAS'ULLARIDAN IBORAT ISHCHI GURUH SO’X TUMANIDA!
2024-08-08 17:34:14 507
Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi mas'ullaridan iborat ishchi guruh So’x tumanida!
Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi mas'ullaridan iborat ishchi guruh a'zolari viloyatning anklav hududi bo’lgan So’x tumanida joriy yilning o’tgan davri hamda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarga doir tizimdagi amaliy ishlarni tahlil qilmoqdalar.
Tuman hokimligi majlislar zalida bo’lib o’tgan ochiq muloqotda xotin-qizlar faollari faoliyati tahlil qilindi. Shuningdek, xotin-qizlar faollari tomonidan yuritilayotgan hujjatlar ham ko’zdan kechirildi.
Ishchi guruh a'zolari tumandagi G’aznov mahalla fuqarolar yig’ini hududida mahalla faollari, mahalla "Oqila ayollar"i bilan hamkorlikda sayyor qabulda ham ishtirok etishdi hamda fuqarolarning taklif va muammolari yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rildi.
Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan amaliy ishlar manzilli o’rganildi. Yakka tartibdagi tadbirkor ayollar faoliyati va tikuvchilik korxonalarida olib borilayotgan amaliy ishlar ham ko’zdan kechirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram