ZANGAT MAHALLASIDA OILAVIY TADBIRKORLIK DASTURLARI DOIRASIDA FUQAROLARGA IMTIYOZLI KREDITLAR AJRATILISHI ULARNING TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN
2024-08-08 16:50:32 163
Zangat mahallasida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratilishi ularning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan
Mahalla raisi Umarali Sattorovning ma'lumotiga ko’ra, Zangat mahallasida 2 740 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallaning asosiy drayveri dehqonchilik va bog’dorchilik hisoblanadi.
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida mahalla bo’yicha jami 23 nafar ishsiz bulgan fuqarolarga 445 million 950 ming so’m miqdorida imtiyozli kreditlar uchun tavsiyanoma berildi. Shu jumladan qo’yidagi yunalishlarga:
Uskunalar va texnika yunalishiga – 3 nafar fuqarolarga 66 million so’m;
Bog’dorchilik yunalishiga – 2 nafar fuqarolarga 55.2 million so’mlik; Issiqxona yunalishiga -3 nafar fuqarolarga 68.0 million so’mlik; Ishlab chikarish yunalishiga -1 nafarga 28.0 million so’m;
Sabzavot va poliz ekinlari yunalishiga - 6 nafarga 52 million so’m; Tikuvchilik yunalishiga - 4 nafar fuqarolarga 75.8 million so’m; Xizmat ko’rsatish yunalishiga–3 nafar fuqarolarga 69.0 million so’m; Chorvachilik yunalishiga 1 nafarga 32.0 million so’m miqdoridagi imtiyozli kreditlarga tavsiya berildi.
Bundan tashqari "Kichik biznesni uzluksiz qo’llab-quvvatlash" kompleks dasturi asosida 5 ta xo’jalik yurituvchi sub'ektlarga 2.1 milliard so’mlik imtiyozli kreditga tavsiyalar berildi.
4-nafar ishsiz fuqarolarga jami bulib 2.67 gektar auktsion orkali uzok muddatga yer ajratib berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram