ZANGAT MAHALASI TIBBIYOT YO’NALISHIDAGI XUSUSIY KORXONALAR SONI KO’PAYADI
2024-08-08 16:48:35 162
Zangat mahalasi tibbiyot yo’nalishidagi xususiy korxonalar soni ko’payadi
Tuman hokimi Zangat mahalasida bo’lib, mahalla mutasaddilari bilan ayni kunda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini ham ko’zdan kechirdi. “Tabobati Shohsanam” xususiy korxonasiga qarashli ayollar kasalliklari tibbiy klinikasida bo’lib, bu yerdagi sharoitlarni o’rgandi.
Ayni kunda klinika faoliyatini kengaytirish maqsadida tadbirkor Vositjon Mirzojonov tashabbusi bilan bemorlarni yotib davolanishlari uchun qo’shimcha bino qurishi boshlab yuborilgan. Hozirda klinika faoliyati bemorlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish va tashxis qo’yish uchun mo’ljallangan.
Mazkur klinika tuman aholisidan tashqari 6 oy davomida Qirg’iziston respublikasidan 600 nafardan ortiq bemorlarni qabul qilib kelayotganligi va bemorlarga shifo berilayotganligi aniqlandi. Shuning uchun, kelajakda bemorlarni statsionar sharoitda davolanish ham yo’lga qo’yiladi.
Qurilish ishlarini oxiriga yetkazish va asbob-uskuna xarid qilish uchun tadbirkorga imtiyozli kredit ajratilishi taklifi ma'qullandi.
Tuman hokimi mahalla hududida noqonuniy qurilmalarni aniqlash va belgilangan tartibda mana shunday hududda mahalla binosi qurish maqsadga muvofiqiligini ta'kidladi. Buning uchun tuman “Ermulkadastr” mutasaddilariga qat'iy ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Ahborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram