Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA HAYOTIDAGI UNUTILMAS SANA ISTIQLOL BAYRAMI TADBIRI BILAN HAMOHANGLIKDA O’TKAZILDI

×

 2024-08-08 16:41:34    52

PDF yuklash
Chop etish


Mahalla hayotidagi unutilmas sana istiqlol bayrami tadbiri bilan hamohanglikda o’tkazildi

 

Tumanimizning 1-sektori hududida joylashgan Tul va Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini bugun bayramlar og’o’shida. Mahallada saxovatpesha insonlar tashabbusi bilan 2 kilometrdan ziyod bo’lgan yo’llarga asfalt qoplamasi yotqizildi.

 

Tuman hokimi, tuman hokimi o’rinbosarlari, sektorlar rahbarlari va mahallaning nuroniy otaxonlari ishtirokida yangilangan ko’chaning ramziy lentasi qirqildi. Istiqlolimizning 33-yilligiga bag’ishlangan “Bir bo’lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shoiri ostida o’tkazilgan “Ma'rifatli oila” nomli bayram tadbiri mana shu unutilmas tarixiy sana bilan hamohanglikda o’tkazildi.

 

Tadbirda so’z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha mahalla ahliga hamohanglik va o’rnak ko’rsatganliklari uchun minnatdorchilik izhor etdi va barchani bayram bilan tabrikladi. Mazkur tadbirda so’z olgan So’x tumani birinchi hokimi Bahodirjon Obidjonov va tuman yo’lsozlik idorasi sobiq rahbari Habibjon Mirzoyevlar ham samimiy izhorlar bilan mahalla ahlini tabriklashdi.

 

Tadbir davomida saxovat namunasini ko’rsatgan mahalla fuqarolari va mahalla obodonchiligida ibrat bo’lgan oilalar vakillariga tashakkurnomalar va esdalik sovg’alari taqdim etildi. Tadbir samimiy o’yin-kulgu, chiroyli raqs va diltorlar navolar hamohangligida kechgacha davom etdi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram