XOTIN-QIZLARNING MUAMMOLARINI O’RGANISH VA ULARNI HAL ETISHGA DOIR OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI
2024-08-08 16:36:06 68
Xotin-qizlarning muammolarini o’rganish va ularni hal etishga doir ochiq muloqot o’tkazildi
Mamlakat iqtisodiy hayotida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ayollar tadbirkorligini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik ko’nikmalarini o’rgatish maqsadida Prezidentimizning 2024 yil 7 martdagi 122-sonli “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo’lga qo’yish va rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror ijrosiga oid barcha hududlarda tarli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Tuman hokimligi majlislar zalida bo’lib o’tgan ochiq muloqot aynan ushbu mavzuga bag’ishlandi. Tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova tadbirda ishtirok etgan barcha xotin-qizlar faollariga mazkur masalaning mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Ma'lumot uchun: So’x tumanida "xonadonbay" o’rganish natijalari hamda, ishsiz va daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug’ullanish istagini bildirgan xotin-qizlarni aniqlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar samarasi o’laroq, ishlash istagida bo’lgan 2 333 nafar xotin-qizlar aniqlanib, shundan kasb-hunarga o’qitiladiganlar soni 264 nafarni va tadbikorlikka o’qitiladiganlar soni 490 nafarni tashkil etdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram