TIZIMLARDA QILINAYOTGAN AMALIY ISHLAR VA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH AHVOLI MUHOKAMA ETILDI
2024-08-05 16:31:19 368
Tizimlarda qilinayotgan amaliy ishlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash ahvoli muhokama etildi
Bugun tuman madaniyat markazining majlislar zalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi barcha o’rinbosarlari, korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahalalar yettiligi ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi tumandagi barcha tizimlarda olib borilayotgan ishlarni tahlil etdi va aholi murojaatlari bilan ishlash qoniqarsiz ekanligini alohida qayd etdi. Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasi mudiri Sobirjon Normatov tumanda murojaatlar bilan ishlash va ularning hal etish darajasiga to’xtalib o’tdi va mazkur holat bo’yicha to’liq ma'lumot berdi.
Tuman hokimi barcha tizim mutasaddilariga fuqarolar murojaati bilan ishlashda amaliy va natijador ishlarni tashkil etishga doir ko’rsatmalar berdi. Tadbir jarayonida istiqlolimizning 33-yilligiga va bo’lajak saylovlarga tayyorgarlikga oid qilinayotgan ishlar ham muhokama etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram