BILASIZMI?
2024-08-03 15:51:33 567
Bilasizmi?
Kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa qaysi holatlarda rad etiladi?
oilaning har bir a'zosiga to’g’ri keladigan bir oylik daromad belgilangan minimal iste'mol xarajatlari miqdoridan oshganda (648 ming so’m);
bittadan ortiq ko’chmas mulki bo’lganda;
texnik holati soz bo’lgan yengil yoki yuk tashuvchi avtotransport vositalari bo’lganda;
depozit hisobvarag’ida mablag’lari hamda qimmatli qog’ozlari mavjud bo’lganda;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va qurolli kuchlar tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari yoki ularning oila a'zolari, tomonidan arizalar taqdim etilganda;
oilada ishsizlik nafaqasini olayotgan a'zolari mavjud bo’lganda;
oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a'zosi ishga doir takliflarini muntazam ravishda rad etgan hollarda;
rasmiy daromad manbalariga ega bo’lmagan va ishsiz mehnatga layoqatli oila a'zosi mavjud bo’lganda;
Oilani kam ta'minlangan deb e'tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi.
Ibrohimjon Axmatov – So’x tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram