QONUN IJROSI - AMALDA!
2024-08-03 15:47:43 267
Qonun ijrosi - amalda!
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9 noyabr 2023 yildagi 877-sonli «O’simliklarning himoya qilish to’g’risida»-gi Qonuni ijrosini manitoring va tahlil qilish maqsadida Farg’ona viloyati o’simliklar karantini va himoya qilish boshqarmasi boshlig’ining birinchi va mazkur tizim vakillari va tizimning zararli organizmlarni tarqalishini prognozlashtrish va monitoring qilish bosh mutaxassisi So’x tumaniga tashrif buyurib, Javpaya mavzesida issiqxona va yangi barpo etilgan bog’larni nazorat qilishdi va xoimlar tomonidan markaziy laboratoriyaga zararlangan o’simliklardan namuna olindi.
Farg’ona viloyati So’x tumani o’simliklar karantini va himoyasi bo’limining rahbar va xodimlarning 6-oylik qilingan ishlari ham nazorat va tahlil kilindi. Xodimlarning ish sharoiti o’rganilib, ma'muriy bino bilan tanishildi.
Qish mavsumiga tayyorgarlik, ma'muriy binoni ta'mirlash va ishchi-xodimlarning ish sharoitini yaxshilash maqsadida o’zlarining fikr- mulohazalarini bildirdalar.
Burhonjon G’oibov - So’x tumani o’simliklar karantini va himoyasi bo’limi mutaxassisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram