SEKTORLAR RAHBARLARI VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI
2024-08-01 17:05:57 201
Sektorlar rahbarlari va yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi
Tumanimizning Guliston mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan kasb-hunar maktabida sektorlar rahbarlari va mazkur hududning yoshlari uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i, uchinchi sektor rahbari Qosimjon Rahimberdiyev va tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i, to’rtinchi sektor rahbari Faridjon To’raboyevlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv avvalida tuman hokimi Respublikamizda yoshlarga berilayotgan e'tibor davlat siyosati darajasida ekanligi, yoshlar uchun barcha jabhalarda shart-sharoitlar yaratib berilganligi va ushbu imkoniyatlardan keng va samarali foydalanish lozimligi haqida so’zladi. Biroq, yoshlarni qiynayotgan muammo va kamchiliklar ham borki, ularni hal etilishi va yoshlar uchun imkoniyat eshiklarini yanada kengroq ochilishini taqozo etadi.
Yoshlarni tinglab, ularga yetarli shart-sharoitlarni yaratish, ijtimoiy va moddiy ko’mak ajratish bo’yicha mas'ullarga topshiriq berildi. Xususan, davolanish maqsadida bo’lgan yoshlar, tadbirkorlik qilish maqsadi bor yoshlarga tavsiya va tushuncha berilib, muammolar joyida bartaraf etildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida ijtimoiy nafaqalar, suv ta'minoti bilan bog’liq dolzarb masalalar va boshqa shu kabi murojaatlar tinglandi va ularning yechimi bo’yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram