Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAKTABNING 240 O’RINLI YANGI BINOSIGA TAMAL TOSHI QO’YILDI

×

 2024-07-31 16:11:51    40

PDF yuklash
Chop etish


Maktabning 240 o’rinli yangi binosiga tamal toshi qo’yildi

 

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev G’aznov mahallasidagi 21-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib, bu yerda olib borilayotgan rekonstruktsiya ishlari bilan tanishdi. Mahalla fuqarolari, nuroniy otaxonlar bilan birgalikda ayni kunda maktabni rekonstruktsiya qilish ishlarida kamarbasta bo’lgan Qo’qon shahridagi “Sada” MChJ ishchilari bilan suhbatlashdi.

 

Ayni kunda mazkur ta'limgohda investitsiya dasturi asosida 240 o’rinli qo’shimcha bino qurilishi rejalashtirilgan. Quruvchilar muassasada o’quv binolari va maktabning oldi qismini  ta'mirlashda harakat qilishayotir.

 

Tuman hokimi va mahalla nuroniylari ishtirokida yangi qo’shimcha binoning birinchi g’ishti qo’yildi. Mazkur qo’shimcha bino qurilishi va rekonstruktsiya qilish ishlariga 3 milliard 120 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram