Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2024-07-31 16:04:54    34

PDF yuklash
Chop etish


Qonunchilikdagi yangiliklar


“Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qarori (PQ-261-son, 17.07.2024 y.) qabul qilindi


Qarorga ko’ra, Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etiladi.


Muhandislik, sog’liqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy ma'lumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash Universitetning asosiy faoliyat yo’nalishlaridan biri etib belgilan.


- Universitet nodavlat oliy ta'lim tashkiloti hisoblanadi hamda o’z faoliyatini 2024/2025 o’quv yilidan amalga oshiradi.


Universitetda talabalarni o’qitish to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni o’qitish uchun to’lov-kontrakt summasi Universitet tomonidan belgilanadi.


Universitetga abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestatsiyasi Universitet tomonidan belgilangan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi.


Universitet to’liq akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqil OTM hisoblanadi.


- Universitet bitiruvchilariga Arizona davlat universitetining yoki AQShda tan olinadigan hamkor xorijiy oliy ta'lim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda, bitiruvchilarga berilgan diplom O’zbekistonda tan olinadi.


Universitetda qo’shma ta'lim dasturlarining xorijiy universitetda o’qish qismini bakalavriatda “3+1”, magistraturada “1+1” va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

  

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram