Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BIZ BIR BO’LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – YAGONA VATANMIZ!" SHIORI OSTIDA O’TKAZILAYOTGAN “MA'NAVIYAT FESTIVALI" SO’X TUMANIDA!

×

 2024-07-26 17:01:39    27

PDF yuklash
Chop etish


“Biz bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – yagona Vatanmiz!" shiori ostida o’tkazilayotgan “Ma'naviyat festivali" So’x tumanida!


Ma'naviyat va ma'rifat markazi So’x tuman bo’linmasi tomonidan tuman madaniyat markazida "Biz bir bo’lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida "Ma'naviyat festivali" bo’lib o’tdi.


Festivalda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, shuningdek tumandagi tashkilot va muassasalar vakillari, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdilar.


Tadbirda viloyat markazidan kelgan qalam ahli, oliy ta'lim maktablari ustozlari va san'atkorlar ham ishtirok etdilar. Tadbir avvalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi.

 

Tadbirda tuman va viloyatdan kelgan yosh san'atkorlar, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Uktamxon Soliyeva, Qo’qon davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori Zeboxon Qobilova, filologiya fanlari doktori, professor Masud Asadov va boshqa bir guruh san'atkorlar o’z qo’shiqlari va she'rlari bilan yig’ilganlarni hushnud etdilar.

  

Shuningdek, tadbirda bir guruh ma'naviyat fidoyilariga tashakkurnoma va esdalik sovg’alari taqdim etildi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram