Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAYOT YO’LIDA ADASHGANLARNI TO’G’RI YO’LGA SOLISH – JAMIYATGA FOYDA

×

 2024-07-25 16:55:31    35

PDF yuklash
Chop etish


Hayot yo’lida adashganlarni to’g’ri yo’lga solish – jamiyatga foyda

 

Tumanimizda yoshlar, ayniqsa, hayot yo’lida adashgan yosh avlod vakillarini to’g’ri yo’lga solish, ularni sog’lom turmush tarziga yo’naltirish, moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlash, muammolarini o’rganish va amaliy ko’mak ko’rsatish yo’lida tizimli ishlar olib borilayotir. Tuman hokimligida faoliyati yo’lga qo’yilgan ijtimoiy ko’nikma markazi aynan ushbu yo’nalishda faoliyat olib boradi.

 

So’x tumani Qizilqiyoq qishlog’ida yashovchi Xursandjon Sodiqov ham hayot yo’lida adashganligi bois, umrining salkam 4 yilini axloq tuzatish muassasasida o’tkazdi. Mazkur muassasadan qaytgach, fuqaro moddiy yordam so’rab, tuman hokimiga murojaat etdi.

 

O’rganish davomida fuqaro Xursandjon Sodiqov haqiqattan ham moddiy va ijtmioiy ko’makka muhtojligi aniqlandi. Tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markaziy komissiyasi tomonidan fuqaro murojaati ko’rib chiqilib, bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari  - 1 360 000 (bir million uch yuz oltmish ming) so’m miqdorda moddiy yordam puli berildi, fuqaro davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e'tibori uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.

 

Xursandjon Sodiqov bandligini ta'minlash maqsadida tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo’limiga yo’llanma berildi. Shuningdek, qayta jinoyat sodir etmasligi uchun mazkur fuqaroga ichki ishlar bo’limi profilaktika inspektori, 12-sonli maktab direktori va mahalla faoli murabbiy-tarbiyachi etib tayinlandi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram