Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA VILOYAT BIZNESNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI VA ONLAYN AUKTSIONLARNI TASHKIL ETISH VAKILLARI ISHTIROKIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2024-07-24 16:41:30    23

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyat biznesni rivojlantirish markazi va onlayn auktsionlarni tashkil etish vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi

 

Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Farg’ona viloyati biznesni rivojlantirish markazi rahbari va onlayn auktsionlarni tashkil etish AJ Farg’ona viloyati vakili ishtirokida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini mazkur sohaga yo’naltirish va shu orqali xalqimiz uchun daromad manbai yaratish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi.

 

Mazkur seminarda tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi,  tuman tijorat bank rahbarlari, mahallarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari va tashabbuskor tadbirkorlar ishtirok etdilar.

 

Seminar avvalida tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev ishtirokichlarga seminarning mazmun-mohiyati va asosiy maqsadi haqida ma'lumot berdi.

 

Seminar davomida viloyat vakillari tumanda kichik va o’rta biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlash, jumladan aholida tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish, ularning biznes tashabbuslarini moliyalashtirish va loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashish bo’yicha yaxlit tizim joriy etilganligi, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida elektron onlayn-auktsion va tanlovlarni tashkil etish hamda o’tkazish tartibi haqida tushunchalar berishdi.

 

Davlatimiz rahbari topshirig’iga asosan barcha hududlarda kichik biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha «uzluksiz xizmatlar zanjiri»ni yaratish, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini kengaytirish maqsadida amaliy ishlar olib borilayotganligi va ushbu yo’nalishda So’x tumanida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

 

Seminar davomida hokim yordamchilari va tadbirkorlar o’zlarini qiziqtirgan va sohaga oid savollariga mutasaddi rahbarlar tomonidan javoblar oldilar.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram