FUQAROLAR QABULI
2024-07-23 17:02:38 251
Fuqarolar qabuli
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi o’rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglash hamda yechim topish maqsadida navbatdagi qabul bo’lib o’tdi.
Unda tuman hokimining birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev, hokim o’rinbosari Sodiqjon Murzoyevv, korxona tashkilot rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri ishtirok etishdi.
Qabulda asosan mahallalar obodonchiligi, yo’llarni asfaltlashtirish, uy-joy ajratish, yer ajratish, jarrohlik amaliyoti puliga moddiy yordam, ishga joylashtirish, yashash manziliga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirilishida amaliy ko’mak ko’rsatish kabi murojaatlar qabul qilindi.
Fuqarolarning ayrim murojaatlari hokim o’rinbosarlari tomonidan tinglandi va joyida ijobiy hal etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram