IKKI QARDOSH XALQ DO’STLIGI SPORT SOHASI ORQALI HAM MUSTAHKAMLANMOQDA
2024-07-20 15:45:51 393
Ikki qardosh xalq do’stligi sport sohasi orqali ham mustahkamlanmoqda
O’zbekiston va Qirg’iziston respublikalari o’rtasida o’rnatilgan mustahkam do’stlik va hamkorlik rishtalari turli sohlarda yanada mustahkamlanmoqda. Qirg’iziston respublikasi prezidenti Sadir Japarovning O’zbekistonga qilgan tashrifi va davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan o’tkazilgan samimiy muloqotlar ikki qardosh xalq do’stligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bugun So’x tumanida qo’shni Qirg’iziston respublikasi Batken tuman hokimligi va mazkur tuman huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ishtirokida voleybol musobaqasi o’tkazildi. So’x tumanini hokimligi va tuman huquqni muhofaza qilish organlari vakillari jamoasi bilan o’tkazilgan musobaqada do’stlik g’alaba qozondi.
Musobaqaning eng faol o’yinchilari deb So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va Batken tumani hokimi Uchqunbek Jorobayev deb topildi. Mazkur tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad ikki davlat rahbari asos solgan do’stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustkahkamlashdan iborat.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram