Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 91-SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2024-07-18 17:10:19    279

PDF yuklash
Chop etish


Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 91-sessiyasi bo’lib o’tdi

                  

So’x tumani madaniyat markazining majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 91-sessiyasi bo’lib o’tdi.

 

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

 

Sessiya kun tartibiga to’rtta masala qo’yildi:

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston-2030” strategiyasining “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi to’g’risidagi qarorini 2024-yil 2-chorakda tumanda ijrosi to’g’risida hisobot.

              

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirilayotgan shaxslarni qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-59-sonli Farmoni ijrosi.

         

Tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’ining “Huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati” to’g’risida shuningdek, jamoat xavfsizligi haqida hisoboti.

 

So’x tumanida hududiy sektorlar faoliyati hamda 2024 yil birinchi yarim yillikda tumanda murojaatlar bilan ishlash holati to’g’risida.

 

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sessiya ishtirokchilariga yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha hokim o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov hisobot berdi.

 

Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masudjon Jumayev ikkinchi masalaga oid sessiya ishtirokchilariga axborot berdi.

 

So’x tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati bo’yicha ishtirokchilar tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i o’rinbosari Adhamjon Shokirovning hisobotini tinglashdi.

 

Tuman sektorlari kesimida murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona viloyati So’x tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri o’rinbosari Shohro’z Nishonov sessiya ishtirokchilariga to’liq ma'lumot berdi.

 

Sessiya jarayonida kun tartibiga qo’yilgan masalalarga oid deputatlar o’z fikr-mulohazalarini muzokaralar davomida bayon etdilar.

 

Kun tartibiga qo’ilgan masalalarga oid tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan sessiya yakunlandi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram