STATISTIKA
2024-07-17 16:42:27 289
Statistika
Tumanni ishsizlik va korruptsiyadan holi hududga aylantirishda “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
Jumladan:
4 ta yo’nalish bo’yicha maqsadli ko’rsatgichlar, 4 ta sektorning bandlik dasturi va yer maydonlari ajratiladigan 420 nafar yoshlarning ro’yxati tasdiqlandi;
2024 yilda tumanda yoshlarga oid davlat siyosati bo’yicha 7 ta ustuvor yo’nalishda, jumladan “og’ir” toifadagi va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko’maklashish, bandligini ta'minlash, xorijdagi yoshlar bilan ishlash, yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Xususan;
Davlat ko’magiga muhtoj “og’ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash yo’nalishi bo’yicha:
Tumandagi tarbiyasi og’ir va alohida ishlashga muhtoj jami 611 nafar yoshlar bilan individual ishlash maqsadida tuman darajasidagi 27 nafar rahbarlarga nomma-nom biriktirib chiqildi.
Biriktirilgan mas'ul rahbarlar tomonidan o’tkazilgan o’rganishlar davomida muammosi aniqlangan 143 nafarida ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aniqlanib, 100 nafariga (69,9 foiz) turli xil yo’nalishlarda amaliy yordamlar ko’rsatildi.
Ma'lumot uchun, Ularning 15 nafari ishga joylandi, 31 nafariga yer maydonlari ajratildi, 2 nafariga mehnat quroli berildi, 1 nafari tibbiy davolatildi, 51 nafari belgilangan toifalardan chiqarilishiga ko’maklashildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram