Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA AHLINI EZGU MAQSADLAR SARI BIRLASHTIRGAN MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR

×

 2024-07-16 09:58:18    72

PDF yuklash
Chop etish


Mahalla ahlini ezgu maqsadlar sari birlashtirgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir

 

Hushyor mahalla fuqarolar yig’inida “Ezgulik shiorimiz, ma'rifat qurolimiz!” shiori ostida bo’lib o’tgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda mazkur hududda joylashgan mahallalarning aholisi, yoshlar va nuroniylar ishtirok etdilar. Tadbirda qatnashgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i, 3-sektor rahbari Qosimjon Rahimberdiyevlar so’zga chiqib, barcha tadbir ishtirokchilariga samimiy tilaklarni bayon etdilar.

 

Tadbir jarayonida “Besh tashabbus olimpiadasi” Respublika bosqichining yengil atletika yo’nalishida g’oliblikni qo’lga kiritgan 4 nafar hushyorlik yosh sportchilar – Sherali Qurbonaliyev, Biloliddin Fattoyev, Rashodjon Jumaboyev va Jahongir Toshmamadovlarga tuman hokimligi tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi.

 

“Kelajak bunyodkori” medali sohibi, Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Hayitboy Hasanov ham so’zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan e'tibor xususida gapirdi. Yosh san'atkorlarning diltortar navolari mazkur tadbir barcha ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.

 

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram